Rossiyada OMON migrantlarga kuch ishlatdi (video)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvadagi Mudofaa vazirligi muassasalaridan birida joriy yilning 8 iyun kuni xavfsizlik kuchlari migrantlarga qarshi reyd o‘tkazdi. Bu haqda “Baza” Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, OMON xodimlari mehnat muhojirlarining hujjatlarini tekshirish uchun Stroginodagi yotoqxonaga borgan. “Baza” xabariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari erkaklarni xonalaridan haydab chiqargan, sekin yurganlarni esa “tepish va shapaloq bilan tezlashtirgan”.

Umuman olganda, tadbir davomida xavfsizlik xizmati xodimlari hujjatlari bilan muammoga duch kelgan 5-6 nafar shaxsni qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlar vaziyatga oydinlik kiritish uchun bo‘limga olib ketilgan.

Mazkur vaziyatga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ham munosabat bildirdi. Vakolatxonaga ko‘ra, Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan rasmiy ma’lumot kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olgan.

“Agar ushbu vaziyatda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud bo‘lsa, jumladan, ularga tan jarohatlari yetkazilgan, huquqlari buzilgan yoki boshqa muammolarga duch kelgan bo‘lsalar, holat yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga quyidagi aloqa raqamlari orqali murojaat qilishlari so‘raladi: Telefon: +7 925 045-47-44, Telegram: @pomoshrussiamigrant”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja muzkur vaziyatga izoh berar ekan, aholisi yiligi qariyb 1 millionga ortayotgan O‘zbekiston ishchi kuchini boshqa mamlakatlarga yo‘naltirishga majburligini aytgan, ammo, shunday bo‘lsa-da Rossiyaga borish o‘rniga boshqa yo‘lni tanlashni tavsiya qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing