Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik oilasi bilan ortga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi oilasi bilan Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, fuqaro S.N. joriy yil 7 yanvar kuni Rossiyaga oilasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun keladi. Ammo 20 iyun kuni salomatligi yomonlashadi va shifoxonaga yotqiziladi.

Shundan so‘ng S.N. ishga layoqatsiz bo‘lib qolgani sababli Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qiladi.

Fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berildi va Sankt-Peterburg-Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan vatanga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing