Norov Lavrovga Konstitutsiyaviy islohot haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Rossiyaga O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarning borishi va ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda joriy yilning 12 iyul kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirokidagi uchrashuvda so‘z borgan.

Unda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar o‘zaro manfaatli konstruktiv siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada faollashtirish tarafdori ekani ta’kidlangan.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar. BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.

Bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlari, jumladan, 2022 yil 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing