Rossiyada migratsion siyosat o‘zgaradi. Migrantlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini tuzatish zarur, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u barcha “potensial qiyinchiliklarni” hisobga olishi kerak. Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning aytishicha, migratsiya siyosatini qattiqlashtiruvchi tuzatishlar 2022 yil oxirigacha qabul qilinadi. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozir migratsiya sohasiga ta’sir etuvchi ma’naviy va mintaqaviy omillar paydo bo‘lmoqda. 

“Biz bu o‘zgarishlarga o‘z vaqtida va samarali javob berishimiz kerak”, deydi Vladimir Putin. 

Uning qayd etishicha, shubhasiz, davlat migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini tuzatish zarur.  

“U barcha mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni to‘liq hisobga olishi, qonunchilikni yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lishi kerak”, deydi Prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. 

U 2020 yil mart oyida bergan ko‘rsatmasini esladi. Keyin Prezident ma’muriyat va hukumatga 2025 yilgacha migratsiya rejimi va fuqarolik institutini isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Bugun men amalga oshirilgan ishlar, yaqin kelajakda qanday ustuvorliklarga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida batafsil hisobotlarni kutyapman”, deydi u. 

Nikolay Patrushevning aytishicha, migratsiya siyosatini o‘zgartirish bo‘yicha o‘zgartirishlar migrantlar zich yashaydigan joylarda huquq va tartibni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Janob Patrushevga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashi migratsiya kanallari yordamida xalqaro terrorchilarni aniqlash vazifasini qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya

Baholaganlar

881

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing