Rossiyada migrantlarning jinoyat qilish ehtimoli yuqori baholandi
Olam
−
21 mart 2021
5346Joriy yilning dastlabki ikki oyida Rossiyada chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 2 foizga o‘sdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2021 yil yanvar-fevral oylaridagi jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarida aytilgan.
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududida 6,2 mingta jinoyat sodir etdi, bu 2020 yil yanvar-fevralga nisbatan 1,9 foizga ko‘pdir, shu jumladan MDHga a’zo davlatlar fuqarolari tomonidan 4,8 mingta jinoyat sodir etilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 foizga kamdir”, deyiladi materialda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qarshi jinoyatlar soni 8,4 foizga kamayib, 2,3 mingtani tashkil etgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ikki oy davomida 137,2 ming kishi jinoyat sodir etganligi aniqlangan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga kamdir.
Rossiyada yil boshidan beri jami 309,4 mingta jinoyat ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi