Rossiyada migrantlarning xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashi uchun yangi talab qo‘yilishi mumkin
Olam
−
15 noyabr 2023
5521Rossiyada rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari uchun ba’zi xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Federatsiya Kengashidagi parlament eshituvlarida aytib o‘tdi.
“Agar rus tili sizning davlat tilingiz bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida haydovchi, sotuvchi va ayniqsa Yandex kurerlari sifatida ishlamasligi kerak. Bunday mas’uliyatli ish ular uchun emas”, degan Tolstoy.
Ma’lumot uchun, rus tili Belarusning davlat tili hisoblanadi. Shuningdek, Janubiy Osetiya va Moldaviya Respublikasida ham rus tili shunday maqomga ega. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Abxaziya, Ukraina, va Ruminiyaning bir qator ma’muriy-hududiy birliklarida ish yuritish rus tilida olib boriladi. Tojikistonda bu qonun ijodkorligida qo‘llaniladi va millatlararo muloqot tili sifatida tan olingan.
Amerikaning Nyu-York shtati qonunlariga ko‘ra, saylovga oid ba’zi hujjatlar rus tiliga tarjima qilinishi kerak. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotida, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida, Shanxay Hamkorlik Tashkilotida, Yevrosiyo Iqtisodiy Jamiyatida, Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotida va boshqalarda ishchi yoki rasmiy til maqomiga egadir.
LiveBarchasi