Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish o‘rniga boshqa jazo tayinlanishi mumkin 

Olam

image

Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish 50 ming rublgacha jarima yoki 150 dan 200 soatgacha bo‘lgan majburiy mehnat bilan almashtirilishi mumkin. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Duma Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi migrantlarni Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish jazosini jarima bilan almashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi. 

Unga ko‘ra, sudya qonunlarga itoatkor, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan, muayyan yashash joyi bo‘lgan xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishni jarimaga almashtirishi mumkin. Shuningdek, jiddiy qonunbuzarlik sodir etmagan taqdirda ushbu shaxslarning oilaviy ahvoli, Rossiyada yashagan davri, kasbi va boshqa sabablarni inobatga olib ham jarima belgilanishi kutilyapti.

Qoidabuzar chet elliklar 40 mingdan 50 ming rublgacha jarimaga tortilishi yoki, 150 soatdan 200 soatgacha majburiy ishlarga jalb qilinishi mumkin.

Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu qonun loyihasi 2017 yildayoq ma’qullangan bo‘lib, 2023 yilda yana muhokamaga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Migrantlar Interfax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing