Rossiyada migrantlarga qarshi targ‘ibot boshlandi
Olam
−
19 avgust 2023
36719Rossiyaning Novosibirsk shahri ko‘chalarida rublning qadrsizlanishi fonida muhojirlarga qarshi varaqalar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda “” nashri xabar berdi.
Ularda qalpoq kiygan soqolli odam tasvirlangan va suratning ostida yozuvlar bor. Ular mahalliy aholiga qarata aytilgan.
Bunday tashviqot Rossiyadagi migrantlarni o‘z yurtlariga qaytib ketishga yoki boshqa mamlakatga chiqib ketishga majbur qiladi.
Keltirilishicha, varaqa g‘oyasi Hindiston milliy ozodlik harakati boshchisi Mahatma Gandidan ko‘chirilgan. U mustamlakachilarga qarshi kurashda mamlakat aholisini Buyuk Britaniya mollaridan voz kechishga, ularning g‘aznasiga soliq to‘lamaslikka va bolalarni bu mamlakatdagi maktablarda o‘qitmaslikka chaqirgan.
Ma’lumot uchun, migrantlarga qarshi materiallar Novosibirskda birinchi marta paydo bo‘lgani yo‘q. Iyul o‘yida ham muhojirlarni o‘z vatanlariga qaytishga yoki boshka mamlakatlarga ketishga chaqiruvchi posterlar tarqatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Putinga muhojirlar ustidan shikoyat qildi. U bu boradagi qonunchilikni kuchaytirishni taklif qildi va aks holda “migrantlarning mahalliy mojarolari ommaviy ko‘cha tartibsizliklariga aylanib ketishi”dan ogohlantirgandi.
So‘ngra o‘zbek muhojirlarining uchdan bir qismi rublning zaiflashuvi hamda buning oqibatida daromadlarining kamayishi tufayli Rossiyani tark etishi mumkinligini bildirgan.
LiveBarchasi