Rossiyada migrantlar o‘rniga mahkumlarni ishlatish taklif qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada mehnat muhojirlari yetishmayotgan sohalarda ishlash uchun mahkumlarni jalb etish taklif qilindi. Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIX) rahbari Aleksandr Kalashnikov shunday taklif bildirdi.

“Yaqinda Vladimir Putin (Rossiya Prezidenti – tahr.) yaqin qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston rahbarlari bilan uchrashdi. Gap bizda ishchi kuchi yetishmayotgan ob’ektlar uchun migrantlar oqimini yo‘lga qo‘yish haqida bo‘ldi. Biz haqiqatan (ishchi kuchini) yetkazib bera olamiz”, degan Kalashnikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “quloqlashtirish” bo‘lmaydi, boshqa “yangi munosib sharoitlar”. Kalashnikov 188 ming mahkum jazoni majburiy mehnatga o‘zgartirish uchun ariza berishi mumkinligini ma’lum qildi. 

Agar ular jazo turini o‘zgartirsa, ish beruvchining xohishiga ko‘ra yotoqxonada, ijarada yoki oilasi bilan yashashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u munosib maosh ham oladi.

Federal xizmat direktori shuningdek ombudsmanga murojaat qilib, shu mavzuni har bir mintaqada ko‘tarishni so‘radi.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada bugungi kunda milliondan ortiq noqonuniy migrantlar bor. Ularning eng ko‘pi O‘zbekistondan (332 ming).


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing