Rossiyada migrantlar mehnati uchun soliq joriy etish taklif qilindi
Olam
−
11 aprel 2023 14308 1 daqiqa
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mehnat muhojirlaridan foydalanish uchun soliq joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, bu ish beruvchilarni rossiyaliklarni ishga olishga undashi mumkin. Bu haqda u “Interfaks”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Menimcha, chet el ishchi kuchidan foydalanganlik uchun katta soliq joriy qilib, Rossiya mehnat resurslaridan foydalanuvchi tadbirkorlarni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmini ham ishlab chiqish kerak”, deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari.
Shuningdek, Bastrikin ijtimoiy keskinlikni pasaytirish uchun mehnat muhojirlarini Rossiya fuqarolari bilan almashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirishni taklif qilgan. Buning uchun esa rossiyaliklarga munosib ijtimoiy va mehnat kafolatlari darajasini ta’minlash kerakligini bildirgan.
FinExpertiza ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyaga ishlash uchun 3,47 million xorijiy fuqaro kelgan, bu undan oldingi yilga nisbatan uchdan bir baravar ko‘pdir. Aleksandr Bastrikin o‘tgan yili migrantlar bilan bog‘liq jinoiy ishlar ko‘payganini ma’lum qilgan. Shuning uchun ham mamlakatdan deportatsiya qilingan muhojirlar soni 2,5 barobar oshgan. Shu bilan birga, hukumat Davlat Dumasiga migratsiya ro‘yxatini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr