Rossiyada mehnat migrantlari qancha maosh oladi?

Olam

image

Rossiyada ishlovchi migrantlarning o‘rtacha maoshi 47 ming rublni tashkil etadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Migrantlar federatsiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan mehnat migrantlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ushbu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik maoshi  47 100 rublni tashkil etadi.

Rus tilini yaxshi biladiganlar o‘rtacha 49 ming rubl, rus tilini yaxshi bilmaydiganlar esa o‘rtacha 37 ming rubl maosh olishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, qurilish nisbatan ko‘p pul ishlab topish mumkin bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib, ushbu sohada ishlovchilarning o‘rtacha maoshi 54 ming rublni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing