Rossiyada markaziy osiyoliklar uchun vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

Olam

image

Rossiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif qilindi. Bunday taklifni “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – za pravdu”) partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov ilgari surdi.

Uning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimining joriy etilishi nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlashga, balki Rossiya va uning janubiy qo‘shnilari o‘rtasidagi haqiqiy o‘zaro manfaatli hamkorlikka ham xizmat qiladi.

“Fraksiya migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni taklif qilmoqda, ammo biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishdan boshlashimiz kerak. Busiz chegarada tartib bo‘lmaydi, bu hozir hayotiy ahamiyatga ega. Bu migratsiyani tartibga solish va terroristik hujumlarga qarshi kurashish uchun zarur!” deb ta’kidlaydi Davlat Dumasi a’zosi.

Sergey Mironovning fikricha, vizasiz sayohatning bekor qilinishi hech qanday holatda qo‘shnilarga nisbatan nodo‘stona ishora sifatida qaralmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Davlat Dumasining deputati Mixail Sheremet urush davomida Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklashni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing