Rossiyada mahkumlar urushga ketgani uchun 2 ta qamoqxona yopildi
Olam
−
22 mart
8591Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida ikkita qamoqxona "optimallashtirish va pulni tejash maqsadida" yopildi. Bu haqda mintaqadagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Mark Denisov ma’lum qildi.
“Men bir xavotirli tendensiyani qayd etaman. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi pul mablag‘larini optimallashtirish va tejash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarini yopish zarurligi to‘g‘risida kimnidir yuqoriga xabar berishga undadi. O‘lkamizda joriy yilda bir qator muassasalar yopiladi. Eng mashhurlari Areyskiy va Gromadskdagi muassasalardir”, deydi Denisov.
Rossiya Federatsiyasi qamoqxonalari ma’lumotnomasiga ko‘ra, Uyar tumanidagi Gromadsk qishlog‘ida umumiy rejimli IK-16 erkaklar axloq tuzatish koloniyasi va Yemelyanovskiy tumani Areyskiy qishlog‘ida IK-7 erkaklar uchun qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasi mavjud.
Mark Denisovning aytishicha, qamoqxonalarni yopish maqsadga muvofiq emas, chunki "hamma narsa normal holatga qaytadi, chunki jamiyatning ijtimoiy tuzilishi o‘zgarmagan".
2024 yil yanvar oyida Jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (CFF) hisobot e’lon qildi. Unda Ukrainadan qaytgan ba’zi avf etilgan o‘ta xavfli jinoyatchilar yana og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etishmoqda, bu esa jamiyatda keskinlik kuchayishiga olib keladi.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushda qatnashganidan keyin maxfiy farmonlari bilan sudlanganlarning afv etilishi ham qurbonlar, ham boshqa fuqarolar huquqlarini poymol qiladi”, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
Ukrainada jang qilgan mahbuslarni afv etish
2023 yil noyabr oyida “Agentlik” internet nashri tergovni e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘sha vaqtga qadar Putin shov-shuvli qotilliklarni sodir etgan va Ukrainaga qarshi jangga borishga rozi bo‘lgan kamida 17 kishini afv etgan.
“Verstka” nashri hisob-kitobiga ko‘ra, 2023 yilda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainadagi janglarda qatnashgani uchun afv etilgan sobiq mahbuslarga nisbatan 200 ga yaqin jinoiy ish ochilgan. Ishlarning aksariyati o‘g‘rilik va talonchilik moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Hujjatlarda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Yengillik uncha katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sodir etgan va tergov yoki sudda bo‘lganlarga, shuningdek, sudlanganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzilsa, gumon qilinuvchi shaxslarning jinoyat ishi to‘xtatiladi.
LiveBarchasi