Rossiyada mahbuslar g‘alayon ko‘tardi. Koloniya alanga ichida qoldi
Olam
−
11 aprel 2020
13847Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasida mahbuslar g‘alayon ko‘tardi. Koloniyadagi tartibsizliklar vaqtida yirik yong‘in yuz berdi.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Angardagi 15-sonli koloniyada g‘alayon kechki payt bir mahbusning buyruqqa bo‘ysunmasligi va koloniya xodimlarini haqorat qilishi ortidan yuz bergan.
Janjalda bir qancha mahbuslar ishtirok etgan. Ular o‘zlariga tan jarohati yetkazgan. Mojaroda Jazoni o‘tash federal xizmatining bir xodimi ham jarohatlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mahbuslar koloniyaning ishlab chiqarish hududida g‘alayon ko‘targan. Natijada sakkizta bino yongan. Yong‘in maydoni 30 ming kvadrat metrga yetgan. Yong‘in uchinchi darajali deb baholangan.
Koloniyada yong‘in o‘chirilgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
LiveBarchasi