Rossiyada koronavirusga qarshi noodatiy vaksina ishlab chiqish boshlandi

Salomatlik

image

"Rospotrebnadzor"ning "Vektor" virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi burun orqali qabul qilish mumkin bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqdi. Bu haqda markazning bosh direktori Rinat Maksyutov ma’lum qildi.

"Vaksinalar nafaqat funksional kelib chiqishi, balki immunizatsiya usuli va sxemasida ham farqlanadi. Shunday qilib, bizning ishlab chiqayotgan vaksinamiz odatdagidek mushak ichiga yuborilmaydi. Vaksinani organizmga burun orqali qabul qilinadi", deydi Rinat Maksyutov "Xavfli virus. Vaksina" filmida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada uning samaradorligi va xavfsizligini baholash uchun preparatni keng ko‘lamli preklinik tekshiruvi boshlandi. Shundan so‘ng, klinik ya’ni odamlarda ushbu vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi.

28 may kuni Rossiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga sakkizta koronavirus vaksinasini taklif qildi. SARS-CoV-2 virusi uchun uchta mahalliy istiqbolli vaksinalarning klinik sinovlari 29 iyun kuni boshlanadi. Mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni vaqtga kelib dunyoda jami 124 potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda, ulardan 10 tasi klinik sinovlardan o‘tmoqda.

Avvalroq, AQSH yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi vaksina noyabr oyida tayyor bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vaktsina

Baholaganlar

589

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing