Rossiyada koronavirusga chalinganlar 114 nafarga yetdi
Jamiyat
−
17 mart 2020
8969Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 114 nafarga yetdi. Bu haqda bugun, 18 mart kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning hukumat a’zolari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
"Rossiya Federatsiyasida hozirgi paytda mamlakatning 26 mintaqasida 114 nafar bemor ro‘yxatga olingan. Ulardan beshta nafari davolangan va ularga javob berilgan. 109 kishi shifoxonada, ulardan 106 nafarining ahvoli og‘ir emas”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.
Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi 114 kishidan 10 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqa qilish ortidan infeksiyani o‘ziga yuqtirib olgan. Qolgan 104 bemor tashqaridan kirib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda ham koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandi. Ayni vaqtda ushbu xastalikka chalinganlar 11 nafarni tashkil etmoqda.