Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

Olam

image

Kecha,14 oktyabr kuni Rossiyada koronavirus sababli 286 kishi vafot etgan. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.

Avvalgi maksimal ko‘rsatkich 13 oktyabrda qayd etilgan. O‘sha kuni koronavirus qurbonlari soni 244 tani tashkil etgandi.

Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda mamlakatda koronavirus tufayli 23 ming 491 ta o‘lim qayd etilgan. Infeksiyaning shartli o‘lim darajasi 1,73 foiz bo‘lib qolmoqda. 

14 oktyabr kuni koronavirusdan sog‘aygan rossiyaliklar soni esa 8 392 nafarni tashkil etdi. Kechagi kungacha umumiy hisobda 1 million 48 ming 97 kishi kasallikni yengdi.

Shunga qaramay, kasallik ko‘rsatkichi 77,4 foiz bo‘lib turibdi. 

Dunyoda esa koronavirusni yuqtirganlar 38 milliondan oshgan. 1 milliondan ziyod odam koronavirus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

rossiya koronavirus

Baholaganlar

531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing