Rossiyada koronavirus qurbonlari soni ortdi. Hukumat aviaqatnovlarni to‘xtatdi
Olam
−
26 mart 2020
10278Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi “Rosaviatsiya”ga joriy yilning 27 martidan doimiy va charter reyslarni butunlay to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Faqatgina chet eldagi rossiyaliklarni olib kelayotgan reyslarga istino belgilangan.
Ma’lumot uchun, bugun, 26 mart kuni Rossiyada ikki kishi koronavirusdan vafot etdi. Jami qurbonlar 3 nafarga yetdi. Rossiyada 840 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning 38 nafari davolangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Bugungacha dunyoda 480 446 nafar odam koronavirusga chalindi. Ularning 115 850 nafari kasallikdan shifo topgan, 21 571 nafar bemorda kasallik o‘lim bilan yakunlangan.
LiveBarchasi