Rossiyada kichik biznes inqirozga uchragani ma’lum qilindi

Olam

image

Rossiyada millionga yaqin kichik va o‘rta biznes vakillari avgust oyigacha yopilishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” “Opora Rossii”, TPP va “Delovaya Rossiya” biznes uyushmalarining prognozlariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining chiqib ketishining sababi kichik tadbirkorlik allaqachon duch kelgan inqiroz bo‘ladi.

Mutaxassislar, shuningdek, bunday korxonalarda ishlovchilarning soni 2-3 million kishiga qisqarganini ham aniqladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng ko‘p ta’sir qiladigan biznes nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi, restoran va mehmonxonalar biznesi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘ladi.

“Opora Rossii” rahbari Aleksandr Kalinin, kichik va o‘rta korxonalar 2019 yil avgustdan 2020 yil avgustgacha taxminan millionga kamayishi mumkinligini ta’kidladi. TPP rahbari Sergey Katirin uning prognozlariga qo‘shildi. Uning fikricha, hukumat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash choralari vaziyatga ta’sir qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya kichik biznes

Baholaganlar

141

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing