Rossiyada xorijliklarga dizel sotish cheklanishi mumkin
Olam
−
11 iyul 2022
8545“Gruzavtotrans” yuk avtomobil transporti milliy assotsiatsiyasi Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Mixail Mishustinga xorijiy transport kompaniyalari dizel yoqilg‘isi sotib olishi uchun 50 litr limit joriy etish tashabbusini yubordi. Bu haqda dushanba kuni hujjatga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.
Belgilangan qiymatdan ortiq dizel yoqilg‘isini sotib olish uchun Yevropadagi yoqilg‘i narxlari bilan taqqoslab kompensatsiya olish taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, bu tashabbus Kaliningradga yuk tranziti bo‘yicha kelishuvlar buzilgani uchun Litva va Yevropa Ittifoqiga javob sifatida taklif qilingan.
"Litva va YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi, natijada Rossiya yuk tashuvchilari Kaliningrad hududiga ma’lum tovarlarni olib kirishlari taqiqlandi. Bu esa muhim mahsulotlardan iborat uzun ro‘yxat. Endi ular dengiz transportidan foydalangan holda mintaqaga yetkazilmoqda, Bu quruqlikdagi transportdan qimmatroq”, deb gazeta “Gruzavtotrans” prezidenti Vladimir Matyaginning so‘zlarini keltirmoqda.
Dengiz yo‘li Litva tranzitini taqiqlagan bir qator tovarlar, jumladan, qurilish materiallari, sement va metallarni mamlakat hududini chetlab o‘tib, Kaliningrad viloyatiga yetkazishning asosiy alternativi hisoblanadi. Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xatti-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.
Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.
LiveBarchasi