Rossiyada “xorijiy agent”larning saylovlarda qatnashishi taqiqlanyapti

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi "Saylov huquqlarining asosiy kafolatlari va Rossiya Federatsiyasi fuqarolari referendumida ishtirok etish huquqi to‘g‘risida"gi qonunga va boshqa bir qator federal qonunlarga “xorijiy agent”larning barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etishini taqiqlashni belgilaydigan o‘zgartishlarni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda kecha, 6 may kuni Davlat Dumasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun hujjatlariga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgunga qadar nomzod “xorijiy agentlik” faoliyatini to‘xtatishi kerak. Norma federal davlat hokimiyati organlariga, mintaqaviy hokimiyatlarga, federal hududning davlat hokimiyati organlariga va mahalliy hokimiyatlarga saylovlar uchun tegishli bo‘ladi. O‘zgartishlardan kelib chiqadiki, “xorijiy agent”lar nomzod va saylov birlashmalarining vakolatli vakili bo‘la olmaydi.

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin qonunni muhokama qilish chog‘ida uning "juda insonparvar" ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ham o‘n nafar “xorijiy agent” turli darajadagi deputatlar hisoblanadi. Ular avtomatik ravishda vakolatlaridan mahrum etilmaydi, balki ularga ushbu maqomdan chiqish uchun 180 kun muddat beriladi.

“Shaxsni “xorijiy agent” sifatida tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun chet eldan pul olish asos bo‘ladi. Yoki siz fuqaro sifatida o‘z mamlakatingiz manfaatlari yo‘lida ishlaysiz yoki hukumatda rezidentlarning vakili bo‘la olmaysiz”, deb ta’kidladi Vyacheslav Volodin.

Unga ko‘ra, “xorijiy agent” sifatida allaqachon tan olingan har qanday shaxs saylovda qatnasha olmaydi, biroq tegishli tartib doirasida bu maqomdan chiqish, faoliyati uchun chet eldan pul olishni to‘xtatish va saylovda qatnashish imkoniyati bor.

“Biz vatanimizni himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz. Chet elda pul olib, hukumatga saylanmoqchi bo‘lgan har bir kishi undan voz kechishi va o‘zini noto‘g‘ri ish qilyapman, deb o‘ylashi kerak", deya xulosa qildi Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya xorijiy agent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing