Rossiyada xitoyliklarga hujum qilgan olti o‘zbekistonlik qamaldi
Olam
−
20 noyabr 2021
10010Rossiyada Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi sud hukmi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Novosibirsk sudi xitoylikka hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topgan.
Sud qarori bilan besh nafar o‘zbekistonlikka 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan. Qotillik ayblovi qo‘yilgan oltinchi erkakka 16 yil qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aybdorlar 24 iyul kuni issiqxona hududida ikki nafar Xitoy fuqarosiga hujum qilgan va ularga 1,3 mln rubl zarar yetkazgan. Keyinroq, 29 avgust kuni qonunbuzarlar Xitoyning olti nafar fuqarosiga hujum qilib, 400 ming rubl zarar yetkazgan. Bundan tashqari, xitoyliklardan biri vafot etgan.
LiveBarchasi