Rossiyada xavfsizlik kuchlari O‘zbekistonning 45 nafar mehnat migrantini qo‘lga oldi (video)
Olam
−
23 iyun
15850Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik 45 nafar mehnat migrantlari ushlandi. Bu haqda Voronej viloyatining politsiya boshqarmasi xabar berdi.
Keltirilishicha, viloyat politsiyasi Voronej shahridagi bir nechta qurilish ob’ektlarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazgan. Reyd davomida 45 Strelkovaya diviziya ko‘chasida joylashgan ob’ektda O‘zbekistondan borgan mehnat migrantlari qo‘lga olingan.
Voronej politsiyasi tomonidan taqdim etilgan videoda bir qancha ishchi yerga o‘tqazib qo‘yilgani, qurollangan va yuzi niqoblangan shaxslar boshqa ishchilar guruhini saf tortgan holda olib kelayotgani ko‘rinadi. Politsiyachilardan biri ularga “na stulya prisajivaytes” (stullarga o‘tiring) degani eshitiladi. Vaholanki, u yerda hech qanday stul yo‘q.
“Rosgvardiya jangchilari ko‘magida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ulardan 12 nafari hujjatlarini tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketildi. Keyinchalik ularga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan noqonuniy ishga joylashish” moddasi bo‘yicha 12 ta bayonnoma tuzildi. Shuningdek, ish beruvchiga nisbatan Voronej IIB tomonidan tekshiruv tayinlandi”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi