Rossiyada xavfli yuqumli kasallik tarqalishida migrantlar ayblanmoqda
Olam
−
02 iyun 2023
14222Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Nikolay Potekayev mamlakatda sifilis (yuqumli xastalik) bilan kasallanishning ko‘payishi qayd etilganini, bunga migrantlarning davlatga qaytishi sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“2021-2022 yillarda COVID-19’ning tibbiy va iqtisodiy oqibatlari barham topgach, Rossiyaga migratsiya oqimi yana sezilarli darajada oshdi va mamlakatning doimiy aholisi tomonidan tibbiy yordam olish uchun murojaatlar soni ham oshdi”, deya tushuntirgan Potekayev.
“Invitro” tibbiy ko‘rik bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Terentevaning qayd etishicha, kasallanishning ko‘payishi sifilis uchun tekshiruvlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
“Chunki qancha ko‘p odam tekshirilsa, shuncha ko‘p bemorlar aniqlanadi”, deydi Yekaterina Terenteva.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik bilan 2021 yilda 21,1 ming kishi, 2022 yilda 27,8 ming kishi kasallangan.
Sifilis – barcha a’zo va sistemalarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi bo‘lib, u sog‘lom kishi bilan o‘pishganda, jinsiy aloqa qilganda yoki uning idishtovoqlaridan foydalanganda yuqadi. Keyingi yillarda qon quyish yo‘li bilan ham yuqish hollari kuzatilmoqda.
LiveBarchasi