Rossiyada kanalizatsiyadan paketga o‘ralgan o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021
38698Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Lipetsk viloyati bo‘yicha Tergov boshqarmasi Rossiya Federatsiyasi kanalizatsiya qudug‘ida Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qotillik) nazarda tutilgan jinoyat asoslari bilan 33 yoshli O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan fuqaroning jasadi topilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 19 yanvar kuni Dobrinskiy tumani Studenka qishlog‘ida yangi qurilgan uy egalari kanalizatsiya qudug‘ida poliyetilen paketga o‘ralgan 33 yoshli erkakning jasadini topib, huquqni muhofaza qilish idoralariga xabar bergan. Tergov-tezkor guruh zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va tekshiruvda jabrlanuvchining bo‘yni va boshidan kesilgan yara izlari topilgan.
Ayni paytda migrantni o‘ldirishda ishtirok etgan shaxsni aniqlash maqsadida tergov harakatlari sud ekspertizalari bilan kompleks ravishda olib borilmoqda. Uy egalari so‘roq qilinmoqda, qurbonning qurilishi tugagan uyda kim bilan ish olib borgani va uning tanishlari ro‘yxati ishlab chiqilmoqda.
LiveBarchasi