Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni qaytarish uchun maxsus poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi

Jamiyat

image

COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya davlatida qolib ketgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 483/484-sonli poyezd 19 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da Voljskiy stansiyasidan, shuningdek, 22 mart kuni Moskva – Toshkent  yo‘nalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd 22 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28 da “Kazanskaya” temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo‘lga qo‘yilgan. Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda  xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi fuqarolarga jo‘natishi ham mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing