Rossiyada qizlarni zo‘rlashda ayblangan uch o‘zbekistonlik qamoqqa olindi
Olam
−
11 iyun 2022
24406Rossiyaning Sankt-Peterburg sudi Kronshtadt shahri yaqinidagi to‘g‘onda ikki qizni zo‘rlashda ayblangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini “qamoqqa oldi”. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgning Kronshtadt shahar sudi O‘zbekiston fuqarolari Mamasaidov, Umirqulov va Yusupovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Ular jinsiy tajovuzga urinish, zo‘rlash va badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblangan.
Belgilanganidek, materiallar yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqilgan.
Xabarga ko‘ra, jabrlanuvchilardan biri politsiyaga borib, u va dugonasi Finlyandiya ko‘rfazidagi Kronshtadt to‘g‘onida uch nafar xorijlik tomonidan zo‘rlanganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlar uchrashishdan bosh tortgach, erkaklar ularga hujum qilgan.
LiveBarchasi