Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 kishi O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi doirasida mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilgan hamda ular 4 avgust kuni mamlakatga qaytarilgan.

Ma’lumot uchun, 30 iyul – “Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida xorijiy davlatlarda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Birinchi navbatda, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga ishlash uchun borib, moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol Toshkentga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Novosibirsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing