Rossiyada Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi (video)

Olam

image

Rossiyada Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 300 nafarga yaqin ishchi ommaviy mushtlashuv uyushtirdi. Bu haqda Shot Telegram kanali ma’lum qildi.

Keltirilishicha, voqea Irkutsk viloyatidagi Kovikta gaz kondensati konida sodir bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, janjal ovqatlanish xonasida navbat talashish sababli boshlangan. Kechki ovqatdan keyin tortishuv mushtlashuvga aylanib ketgan. Oqibatda 9 kishi jarohatlangan.

Hozirda politsiya tergov ishlarini olib borayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing