Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar ortga qaytarildi
Jamiyat
−
16 avgust 2024
6280Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik bolalar Sibir poytaxti Krasnoyarskga to‘plangan.
“Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan o‘z vaqtida ta’minladi. Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolajonlar O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib olgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar