Rossiyada qariyb 5 million sayt bloklandi
Olam
−
13:53 1681 1 daqiqa
Roskomnadzor Rossiyada “taqiqlangan axborot”ga qarshi kurash doirasida internetdagi 4,7 milliondan ortiq sahifani blokladi. Bu haqda Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida ruxsat berish ishlari, nazorat va kuzatuv boshqarmasi rahbari Tatyana Deniskina ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “huquqqa xilof kontentni aniqlash” bo‘yicha ishlar 2012 yildan beri olib borilmoqda va shu vaqt ichida taqiqlangan axborot turlari soni 10 baravarga – uchtadan 30 taga yetgan.
“Bir qator sud qarorlari va vakolatli organlar qarorlari asosida, shuningdek, Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlari bilan ishchi hamkorlik doirasida internet tarmog‘idagi 4 710 000 dan ortiq saytlardan huquqqa xilof axborot olib tashlandi yoki unga kirish cheklab qo‘yildi”, deydi u.
2025 yilning o‘zida Roskomnadzor internetda 1,289 million materialga kirishni cheklagan – bu avvalgi yil ko‘rsatkichiga (810,5 ming) nisbatan 59 foizga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp Rossiya qonunchiligi talablarini bajarishni davom ettirmasa, u Rossiyada butunlay bloklanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi