Rossiyada qancha kishi urushga noqonuniy safarbar etilgani aytildi
Olam
−
01 fevral 2023
8242Rossiyada urushga noqonuniy safarbar qilingan 9 mingdan ortiq rossiyalik vataniga qaytdi. Bu haqda Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Noqonuniy safarbar etilgan 9000 dan ortiq fuqaro kuzatuv tadbirlari natijasida uylariga qaytarildi, ular orasida sog‘lig‘i tufayli safarbar qilinmasligi kerak bo‘lganlar ham bor”, deydi Krasnov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik ko‘plab muammolarni aniqladi va harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va harbiy xizmatchilarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirishga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirgan.
Ma’lumot uchun, qisman safarbarlik o‘tgan yilning 21 sentyabridan boshlab amalga oshirildi va shu yilning oktyabr oyining oxirida Mudofaa vaziri Sergey Shoygu uning yakunlanganini e’lon qildi. 300 ming kishini harbiy xizmatga chaqirish vazifasi bajarildi.
Fuqarolarning ayrim toifalari, shu jumladan, talabalar, ko‘p bolali otalar, IT-kompaniyalari xodimlari, muddatli harbiy xizmatni kechiktirish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
LiveBarchasi