Koronavirus Yevropa ligasini yopdi. Yirik musobaqa muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi

Sport

image

Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Sevilya" - "Roma" va "Olimpiakos" - "Vulverxempton" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv, koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

"Olimpiakos" - "Vulverxempton" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazish qarori, Gretsiya hukumatining mamlakatdagi sport tadbirlarida qatnashishni cheklagan qarori munosabati bilan qabul qilindi.

 

"Sevilya" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga kelsak, Andalusiya politsiyasi boshqarmasi ushbu uchrashuvda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ta’minlay olmasligini ma’lum qilgan. UEFA bu bahsni muxlislarsiz o‘tkazilishini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashisiz o‘yin o‘tkazadigan "Sevilya", Yevropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Ispaniya klubi ushbu sovrinni 5 marotaba (2006, 2007, 2014, 2015 va 2016 yillarda) qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi Roma Koronavirus Sevil'ya Olimpiakos Vulverxempton

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing