Rossiyada ikki o‘zbekistonlik YTH qurboni bo‘ldi. Besh kishi og‘ir jarohat oldi

Olam

image

Kecha, 1 dekabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bir guruh o‘zbekistonliklar mingan Volkswagen Polo rusumli yengil mashina yo‘lning muzlagan qismida avtohalokatga uchradi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

YTH oqibatida ikki nafar fuqaro - 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo‘lgan. Besh nafar kishi og‘ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-shifoxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o‘ta og‘ir ahvolga tushgan mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarini bajarmoqda.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing