Rossiyada ikki o‘zbekistonlik yonib ketdi

Olam

image

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi yog‘och tayyorlovchi xo‘jalik ishchilariga mo‘ljallangan yotoqxonada yong‘in yuz berdi. Natijada hozirgacha halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi.

Bugun, 25 dekabr kuni kechasi Zalari qishlog‘idagi 15 kishi yashovchi yog‘ochdan qurilgan yotoqxonada yong‘in chiqqan. Buning oqibatida 5 kishi shifoxonaga yotqizilgan, biri ishchi ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Hozirda yong‘in bartaraf etilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

Yong‘indan keyin Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bosh konsul Yusup Qobiljonov O‘zbekiston fuqarolarining davolanish xarajatlarini qoplashga tayyor ekanini bildirgan.

“Biz hozir RF FVVning Irkutsk viloyati va Sibir federal okrugi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlik qilyapmiz. Ularni Vatanga qaytarish uchun hujjatlarni tayyorlayapmiz. Hozir tergov harakatlari olib borilyapti, Rossiya tomonning javobini kutyapmiz. Shuningdek, biz davolanish sarf-xarajatlarini qoplashga tayyormiz”, degan Qobiljonov.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in o'zbekistonlik Irkutsk

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing