Rossiyada ikki o‘zbekistonlik uzoq yilga qamaldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Kirov viloyati giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan ikki O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 27 va 29 yoshli O‘zbekiston fuqarolari 2022 yilning mart oyidan may oyiga qadar Kirov shahrida yashirin yo‘llar bilan sintetik giyohvand moddalarni tarqatib kelgan. 

Ular shu yilning may oyida qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari operatsiya chog‘ida ularning yonida bo‘lgan 220 grammdan ortiq taqiqlangan moddani ham daliliy ashyo sifatida musodara qilgan. 

“Umuman olganda, sudlanuvchilar yana 20 ta jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

O‘zbekistonlik yigitlarning biri 8 yilga, ikkinchisi esa 6 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mordoviyaning Saransk shahrida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 4,5 gramm marixuanani xaridorga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs muqaddam O‘zbekistonda IIB xodimi bo‘lib ishlagan. U 2005 yilda vazifasidan ozod etilganidan so‘ng Rossiyaga ko‘chib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekistonlik O'zbekiston fuqarosi qamoq giyohvand moddalar Kirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing