Rossiyada ikki o‘smir aviabazadagi vertolyotni yoqib yubordi

Olam

image

Rossiyaning Omsk viloyatida 16 yoshli ikki o‘smir mahalliy aviabazada vertolyotga o‘t qo‘yganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hodisa 21 sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchilari samolyotga yaqinlashib, unga molotov kokteyli uloqtirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot hisobdan chiqarilgan. Tez orada huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘smirlarni topib, hibsga olgan. 

O‘smirlarning tushuntirishicha, ular messenjer orqali bog‘langan noma’lum shaxslarning ko‘rsatmasiga ko‘ra harakat qilgan. Ularga topshiriqni bajarish uchun 20 ming dollar va’da qilingan, ammo yigitlar va’da qilingan pulni hali ko‘rmagan ham.

Ma’lumot uchun, oldinroq Rossiyaning Noyabrsk shahrida ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan. U yerda ikki o‘smir va’da qilingan 5 million rubl mukofot evaziga vertolyotni yoqib yuborgan. Hodisa oqibatida vertolyot butunlay yonib ketgan va zarar 300 million rublni tashkil qilgan. Yamalo-Nenets avtonom okrugi gubernatori Dmitriy Artyuxov o‘smirlar pul evaziga tashqaridan jinoyatga jalb qilinganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida Robinson vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya vertolyot aviabaza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing