Rossiyada ikki nafar o‘zbekistonlik cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
01 iyul
9286Rossiyaning Irkutsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi. Bu haqda “TK Gorod” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 29 iyun kuni Chunskiy tumanida joylashgan Oktyabrskiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Chuna daryosida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib halok bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 20 va 21 yoshli shaxs qirg‘oqda cho‘milayotgan bo‘lgan, shundan so‘ng ulardan biri cho‘kib keta boshlagan, ikkinchisi esa uni qutqarishga uringan. Oqibatda fuqarolarning ikkisi ham suvga g‘arq bo‘lgan.
“O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari hozircha topilmagan. Qidiruv ishlarida qutqaruvchilarga ko‘ngillilar yordam bermoqda. Erkaklar cho‘kib ketgan joyda daryoning chuqurligi 5,7 metrni tashkil etadi, suzish taqiqlanadi. Qirg‘oqda tegishli belgi o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada kuchli bo‘ron sababli dengizda cho‘kib ketgan 20 yoshli ayolning jasadi uch kundan so‘ng topilgandi.
LiveBarchasi