Rossiyada giyohvand modda sotayotgan toshkentlik erkak hibsga olindi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Chyornaya rechka” daryosi qirg‘og‘ida o‘zbekistonlik erkak 31 paket sintetik giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan erkak Kostroma viloyatining Galich shahrida ro‘yxatdan o‘tib yashab kelgan. U Telegram ijtimoiy tarmog‘ida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi onlayn do‘konda garov evaziga narkotik yetkazib beruvchi bo‘lib ishlagan.

Ma’lum qilinishicha, hibsga olish paytida olib qo‘yilgan giyohvand modda N-metilefedron alfa-pirrolidinovalerofenonning hosilasi ekani qayd etilgan. 

Xabarga ko‘ra, politsiya xodimlari qidiruv jarayonida ushbu moddadan iborat yana 19 ta xatcho‘pni izlab topgan. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 2281-moddasi (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning o‘xshashlarini noqonuniy ishlab chiqarish, sotish yoki o‘tkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda gumonlanib, hibsga olingani haqida xabar bergandik. Bundan tashqari, Rossiyaning Leningrad viloyatida odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli ayol Farg‘ona viloyati IIB tomonidan 2017 yil dekabrda qidiruvga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing