Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol Rossiyada qo‘lga olindi
Olam
−
18 iyul 2021 9970 1 daqiqa
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevoloj tumanida xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli D.R. (ayol) kecha, 17 iyul kuni Sertolovo shahridagi Molodsova ko‘chasida joylashgan uyda qo‘lga olingan.
Xabarga ko‘ra, D.R. O‘zbekistonda odam savdosida ayblanib, Farg‘ona viloyati IIB tomonidan 2017 yil dekabrda qidiruvga berilgan.
Leningrad politsiyasi D.R. qo‘lga olingani haqida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga xabar bergan.
Avvalroq, Sankt-Peterburg shahri Pulkovo aeroporti hududida federal qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi