Rossiyada “G‘arbiy Nil” isitmasi aniqlandi

Olam

image

Rossiyaning Rostov viloyatida asosiy tashuvchilari chivin bo‘lgan “G‘arbiy Nil” isitmasi bilan kasallangan ikki holat aniqlandi. Bu haqda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, virus isitma bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarning tekshirilgan 13,9 foiz aholisida aniqlangan.

“Epidemiya jarayonining boshlanishi joriy yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida qayd etildi. Epidemiya holati yuqori atrof-muhit harorati bilan bog‘liq bo‘lib, bu chivinlarning suv toshqini va daryo deltalarida, suv omborlarida va boshqa nam ekotizimlarda yashaydigan yoki tashrif buyuradigan aholiga faol hujumini ta’minlaydi. Infeksiya chivinlar ko‘payish joyi bo‘lgan yerto‘lalari suv bosgan uylarda ham paydo bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, isitma bilan kasallanish yoz-kuz mavsumidan keyin sodir bo‘ladi.

Agentlik, shuningdek, viloyatdagi suv havzalarida dezinfeksiya ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Aholi isitma belgilari (yuqori harorat, titroq, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklarning og‘rig‘i, kamdan-kam hollarda meningoensefalit belgilari) chivin chaqishi bilan ikki-sakkiz kundan keyin paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. “G‘arbiy Nil” isitmasiga chalinganlarda kamdan-kam hollarda miya yoki boshqa organlarning yallig‘lanishi rivojlanadi.

Ma’lumot uchun, “G‘arbiy Nil” isitmasi (yoki G‘arbiy Nil virusi) birinchi marta 1937 yilda ugandalik ayolning qonida topilgan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, virus Afrikaning aksariyat mamlakatlarida keng tarqalgan. Kasallikning avj olishi Yevropa mamlakatlarida ham qayd etilgan: Ruminiya, Chexiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya. 2018 yilda Yevropada 2083 ta infeksiya holati qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antarktidada yuzlab dengiz fillari va boshqa hayvonlar qush grippidan nobud bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya G'arbiy Nil” isitmasi chivin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing