Rossiyada erkaklar keskin kamayib ketdi – tadqiqot

Olam

image

2022 yildan buyon Ukraina bilan urush olib borayotgan Rossiyada erkaklar ulushi keskin kamayib ketdi. Xususan, 2024 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, aholining 63 foizini ayollar, atigi 37 foizni esa erkaklar tashkil etmoqda. Bu haqda "Civixplorer" kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida e’lon qilindi.

Tadqiqodga ko‘ra, Rossiyadan tashqari, ayollar soni erkaklardan ko‘proq bo‘lgan mamlakatlar sifatida AQSH (52,7 foizga 47,3 foiz), Braziliya (53,3 foizga 46,7 foiz), Bangladesh (53,8 foizga 46,2 foiz), Meksika (54,4 foizga 45,6 foiz), Yaponiya (55,5 foizga 44,5 foiz), Germaniya (52,3 foizga 47,7 foiz) va Tailand (55 foizga 45 foiz) keltirilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida Rossiyada pensiya yoshidagi fuqarolar orasida ayollar erkaklarga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘pligi ma’lum qilingan. Rossiya ijtimoiy jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 41 mln 169 ming 800 nafar nafaqaxo‘r istiqomat qiladi. Ulardan 13 mln 845 ming 500 nafari erkaklar. Shu tariqa Rossiyada ayol pensionerlar soni 27 mln 324 ming 300 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi demografik inqiroz fonida Bryansk viloyati dumasining deputati va “Pravoslav Rossiya” harakati rahbari Mixail Ivanov yosh oilalarga, agar ularning farzandi bo‘lmasa, kechasi internetni cheklash tashabbusini ilgari surgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya demografik inqiroz gender balans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing