Rossiyada ekskavator 13 yoshli qizni bosib ketdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Vladivostok viloyati Frunzenskiy tumanida ekskavator haydovchisi 13 yoshli qizni bosib ketdi. Bu haqda Primorsk o‘lkasi prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 7 dekabr kuni yuz bergan. Ona va uning 13 yoshli qizi ekskavator ishlayotgan ko‘chada ketayotgan paytda, haydovchi qizni ko‘rmasdan bosib yuborgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli ekskavator haydovchisi o‘quvchi qizni payqamagan. Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan shifokorlar, politsiya va prokurorlar yetib kelgan. Mutaxassislar hodisaning barcha holatlarini aniqlab, haydovchining mast bo‘lganligini tekshirgan.

“Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Voqea yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni Isroilda yuk mashinasi armiya harbiy bazasi yaqinidagi avtobus bekatida bir guruh odamlarni bosib ketgandi. Oqibatda 30 ga yaqin kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya ekskavator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing