Rossiyada deputatning boshini yorgan o‘zbekistonlik bir yarim oyga qamaldi (video)
3-sahifa
−
20 iyul
8356Avvalroq, bir to‘da muhojirlar Rossiyaning Samara shahrida Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevni kaltaklagani, shuningdek, janjal ishtirokchilari orasidan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan o‘zbekistonlikka nisbatan 1 oy-u 29 kun qamoqqa olish ehtiyot chorasi belgilandi. Bu haqda “GTRK SAMARA” Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarada Davlat Dumasi deputati mashina haydab ketayotganida derazadan yigitlar o‘rtasidagi mushtlashuvga ko‘zi tushgan. U mashinadan tushib, mushtlashuvni to‘xtatishga uringan. Oqibatda deputat og‘ir jarohat olgan, jumladan, bosh qismi shikastlangan. Deputatga ko‘ra, unga dubinka bilan hujum qilishgan.
Qo‘lga olingan shaxslardan biri 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.M ekani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan sud jarayoni olib borilib, unga nisbatan 1 oy-u 29 kunga qamoqqa olish ehtiyot chorasi belgilandi. Ammo sud jarayonida M.M. bo‘lib o‘tgan voqeaga aloqador emasligini ta’kidlagan.