Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni qaytarish taklif qilindi

3-sahifa

image

Rossiyada qurilish sohasida ishlagan va migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan chet el fuqarolari mamlakatga ishlash maqsadida qaytishlari uchun amnistiya qilinishi kerak. Bu haqda “Interfax” nashri Rossiya Federatsiyasi quruvchilar milliy assotsiatsiyasi prezidenti Anton Glushkovning taklifiga tayangan holda xabar berdi.

“Menimcha, hozir Rossiya Federatsiyasi hududidan deportatsiya qilingan xorijiy ishchi kuchiga amnistiya mexanizmlarini ishlab chiqish vaqti keldi. Chunki xorijiy ishchi kuchi zarur”, deydi Glushkov.

Unga ko‘ra, immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan migrantlar soni juda ko‘p. Qayd etilishicha, Tojikiston misolida yarim millionga yaqin shunday migrantlar bor.

“2022 yilda Rossiyada 6,5 millionga yaqin quruvchi ishlagan, 2030 yilga borib esa qurilish industriyasini rivojlantirish maqsadlari hisobga olinsa, ularning soni 8 millionga yetishi kerak. Bunday holda Rossiya qurilish ta’lim muassasalari bitiruvchilarining atigi 40 foizi o‘z kasbida ishlash uchun qolmoqda”, deydi Glushkov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, migrantlar sodir etgan qoidabuzarliklar turli xarakterga ega bo‘lsada, ularning aksariyati ma’muriy ish yuritish, masalan, jarimalarni to‘lamaslik yoki Rossiya hududida bo‘lish rejimini buzish bilan bog‘liq.

“Bizga oddiy ishchilar emas, malakali ishchilar kerak. Shu bois, biz sivilizatsiyalashgan migratsiya bozoridan ham manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston tomoni bilan shartnoma tuzdik va O‘zbekiston hududida 30 ta yo‘nalishda o‘quv markazlarini tashkil etdik. U yerda xohlovchilar ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladi, malakasini (mahalliy tilda) rus standartlariga muvofiq tasdiqlaydi”, deydi u.

Rossiya quruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi qurilish ob’ektlarida chet el fuqarolariga bo‘lgan umumiy ehtiyoj 11 545 kishini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing