Rossiyada davlat sirlaridan xabardor mansabdorlarning xorijga chiqishi nazoratga olinadi
Olam
−
14 may
3565Rossiyada hukumat davlat xizmatchilari va davlat sirlaridan xabardor xodimlarning chet el safarlari ustidan nazoratni kuchaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri yozdi.
Qayd etilishicha, “Yagona Rossiya” fraksiyasi deputatlari Davlat Dumasiga maxfiy xavfsizlik bo‘linmalari rahbarlari va xodimlariga davlat sirlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan rossiyaliklarning xorijga chiqish pasportidagi belgilarni tekshirish huquqini beruvchi qonun loyihasini taqdim etmoqda. Tashabbus allaqachon “Yagona Rossiya” fraksiyasining qonunchilik faoliyati bo‘yicha ekspertlar kengashi tomonidan ma’qullangan.
“Xorijga chiqish pasportini taqdim etish davlat sirlariga ega bo‘lgan rossiyaliklarning ruxsatsiz sayohat qilishlari bilan bog‘liq muammoni hal etishda yordam beradi. Agar xodim ruxsat olmay Rossiyadan chiqib ketgan bo‘lsa, buni pasportdagi belgilarni solishtirish orqali aniqlash oson bo‘ladi. Huquqbuzarlik uchun sanksiya sifatida pasport haqiqiy emas deb topiladi”, degan davlat Dumasi xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anatoliy Viborniy.
Deputat bundan maqsad qonunchilikni tobora qattiqlashtirish emas, balki yuzaga kelgan chaqiriq va tahdidlarni hisobga olgan holda takomillashtirish ekanini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi