Rossiyada bolasiz oilalarning internetini tunda o‘chirib qo‘yish taklif qilindi
Olam
−
10 iyun 2025 6884 1 daqiqa
Rossiyaning Bryansk viloyati dumasining deputati va “Pravoslav Rossiya” harakati rahbari Mixail Ivanov yosh oilalarga, agar ularning farzandi bo‘lmasa, kechasi internetni cheklash tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda u “Abzats” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Ivanovning fikricha, internet bugungi kunda “yangi turdagi qaramlik” bo‘lib, bu oilaviy qadriyatlarni yemiradi.
“Yoshlar bir-biri bilan muloqot qilish, munosabatlar o‘rnatish va farzand haqida o‘ylash o‘rniga soatlab tarmoqlarda yuradi, o‘yin o‘ynaydi yoki serial ko‘radi”, degan Ivanov.
Deputat bu holatni mamlakatning demografik xavfsizligiga tahdid sifatida baholagan. Ivanovning fikricha, bu to‘liq taqiq emas, cheklangan soatlarda – masalan, 23:00 dan 02:00 gacha internetdan foydalanishni vaqtincha cheklash kerak. Ivanov, shuningdek, “uchastka nozirlari va oilaviy psixologlar” yosh juftliklarga jonli muloqot va ongli tarzda oila qurishning ahamiyatini tushuntirishi kerakligini ta’kidlagan.
“Biz total nazorat tarafdori emasmiz, lekin agar yoshlar kechalarini telefon bilan o‘tkazayotgan bo‘lsa, bu – boshi berk ko‘cha”, degan u.
Live
Barchasi