Rossiyada ayollarning seriyali qotili bo‘lgan sobiq politsiyachiga hukm o‘qildi

Olam

image

Rossiyada 80 dan ortiq odamni o‘ldirgan "angaralik manyak" yana 3 ayolning o‘limida aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda TASS xabar berdi

Gap shundaki, sobiq politsiyachidan ashaddiy qotilga aylangan hamda bir necha bor sudlangan ushbu shaxsga yana 3 ta ayolni o‘ldirish ayblovi qo‘yildi va ushbu ish Irkutsk sudida ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Mixail Popkovga 1997 yilda Irkutskdagi Jilkino qishlog‘ida 27 yoshli ayolni, 1998 yil Angara daryosi bo‘yida 25 yoshli ayolni va 2003 yilda 31 yoshli ayolni o‘ldirish ayblovi qo‘yilgan. Manbaga ko‘ra, ikki holatda u o‘z qurbonlarini bo‘g‘ib o‘ldirgan, uchinchi holatda esa bir necha marta pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Popkovning jinoyatga aloqadorligi ayblanuvchining o‘z ko‘rsatmalari, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomalari, o‘tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizalarining xulosalari va boshqa dalillar bilan tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, bu Popkov ustidan to‘rtinchi marotaba sud hukmi o‘qilishi. U 2015 yilda 22 ta qotillikda ayblanib, birinchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 2017 yilda esa Popkov yana 60 ga yaqin qotillikni tan olgani ma’lum bo‘ldi. 2018 yilda ashaddiy qotilga ikkinchi marotaba umrbod qamoq jazosi beriladi. Uchinchi hukm esa 2021 yilda to‘qqiz yil-u sakkiz oylik qamoq jazosi bilan o‘qilgan. Shuningdek, 2023 yil yanvar oyida Popkov yana ikkita qotillikni bo‘yniga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qotil sobiq politsiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing