Rossiyada antirekord qayd etildi. Kunlik kasallar soni 17 mingdan oshdi

Olam

image
O‘tgan kecha-kunduzda Rossiyaning 85 ta hududida 17 ming 340 kishida koronavirus aniqlandi. Bu pandemiya boshlangandan buyon kuzatilmagan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi
 
Moskvaning o‘zida 5 ming 478 ta holat qayd etilgan - bu kuz faslidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, poytaxtda 2 ming 779 kishi sog‘aygan, 62 kishi vafot etgan. 
 
Rossiya Federatsiyasida koronavirusning o‘sishi sentyabr oyida boshlangan. Sentyabrdan oktyabr oyining boshigacha 5 mingdan 10 minggacha o‘sish kuzatilgan. 
 
Ikki hafta ichida u 15 mingta holatga yetgan. 20 oktyabr kuni kasallanganlar soni 16 mingdan oshgan. 21 va 22 oktyabr kunlari esa biroz pasayish kuzatilgan. 21 oktyabrda 15 ming 700 va 22 oktyabrda 15 ming 971 ta holat qayd etilgan.
 
Ma’lumot uchun, Rossiyada jami 1 million 480 ming 646 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. 25 ming 525 kishi vafot etgan. 1 million 119 ming 251 kishi sog‘ayib ketgan.
 
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 42 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made