Rossiyada Amir Temur haykali o‘rnatiladi
Jamiyat
−
24 noyabr 2021
11878O‘zbekiston hukumati Rossiyaning Samara viloyatida Amir Temur haykalini o‘rnatishni rejalashtiryapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Haykal Samara viloyatidagi Kodurcha vohasida mahalliy o‘lkashunoslar tomonidan buyuk harbiy sarkarda Amir Temurga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik toshi o‘rnida barpo etilishi kerak.
“Samara viloyatidagi Kodurcha vohasida mahalliy o‘lkashunoslar tomonidan buyuk harbiy sarkarda Amir Temurga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik toshi o‘rnida Amir Temur va uning harbiy sarkardalari ifodalangan kompozitsion haykal o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilish hamda tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan haykal majmuasini o‘rnatish yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan memorandum tuzish ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi jangovar ordeni sohiblari tug‘ilib o‘sgan yoki istiqomat qilayotgan joylarda mahalliy ko‘ngillilar tomonidan esdalik lavhalari, yodgorlik toshlarini o‘rnatish”, deyilgan qaror bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da.
Loyihani 2023 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.
Uni amalga oshirishga Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Kinematografiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi mas’ul etib belgilangan.
LiveBarchasi